...

Siz balki o’ylarsiz, Mark Avreliy hayotida qiyinchilik ko’rmagan, axir u "Rim imperatori" unvoniga ega bo’lgan, deb. Lekin shu joyda adashasiz. Hukmronligining birinchi yilidayoq, Rimning qardosh davlatlaridan biri Armaniston ularning umumiy dushmani parfiyaliklar tomonidan bosib olindi. Armanistonni qaytarib olish uchun bo’lgan urush aynan Avreliy imperiyadagi boshqa mashaqqatlarni, jumladan surunkali jismoniy og'riqlarni boshidan o’tkazayotganida boshlandi, ammo stoik mashg'ulotlari orqali Avreliy o'z idrokini mustahkam qildi va har bir to'siqni rivojlanish uchun imkoniyat sifatida ko'ra oldi.

Mark Avreliy o'zi bilan sodir bo'lgan hamma narsani nazorat qila olmasligini bilardi, lekin u o'z xatti-harakatlarini nazorat qila olardi. Ushbu stoik amaliyoti va quyida keltirilgan beshta boshqa maslahat sizga baxtingizni nazorat qilishingizga va eng yaxshi hayot kechirishingizga yordam beradi.

1. O'z idrokingizni mashq qiling

“Siz tashqi hodisalar ustidan emas, balki ongingiz ustidan hokimiyatga egasiz. Buni anglab yeting va kuch topasiz”.

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Stoiklar idrok etishni rivojlantirish muhimligini bilishgan. Ular o'zimizga bog'liq bo'lmagan narsalar bizga qanchalik oson ta'sir qilishini kuzatdilar. Avreliy, Epiktet va Seneka ushbu mavzu bo'yicha juda ko'p maqolalar yozdilar va bu stoitsizmning eng muhim tamoyillaridan biri ekanligini isbotladilar. Stoiklar bu amaliyotdan boshqalar qilmagan yoki qilmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun foydalanganlar - o'z hayotlari uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishgan.

Bizning hislarimiz biz boshdan kechirgan hamma narsaga ta'sir qiladi, shuning uchun nega bu kuchni boshqa odamlarga yoki vaziyatlarga berish kerak? Idrokingizni mukammallikka o'rgatish nafaqat hayotingiz sifatini qo'lingizga olib kelib qo’yadi, balki maqsadlaringizga erishishga yordam beradi:

"Aqlli ruhning o'ziga xos xususiyatlari: o'z-o'zini anglash, o’zini sinash va o'zi xohlagan narsani qilish qobiliyati. U o‘z hosilini yig‘ib oladi. U umrining chegarasi qayerda qo'yilmasin, maqsadiga erishadi. Siz tanlagan vazifangizdan qat'i nazar, u o'z ishini to'liq bajaradi. Shunday qilib, u shunday deyishi mumkin: "Men izlaganimni topdim".

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Stoiklarda buning uchun hypolêpsis so'zi bor, ya’ni "qabul qilish" degan ma'noni anglatib, ongimiz tomonidan idrok, fikrlar va hukmlarni nazarda tutadi." O'z idrokingizni mustahkamlash uchun Avreliyning ushbu saboqlaridan foydalaning.

2. Boshqa tomondan nazar soling

"Xudo mening baxtim boshqa birovga tegishli bo'lishini istamadi." - Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Imperator sifatida Mark Avreliy ham tanqid qilindi, ham maqtovga sazovor bo'ldi, lekin u ikkalasiga ham taslim bo'lmaslikni o'rgandi. U inson tabiatini yaqindan kuzatdi va bu haqda o'zining "Hayot to'g'risida mulohazalar" asarida tez-tez yozgan, hozirda "Meditatsiyalar" kitobiga tarjima qilingan:

"Ertalab uyg'onganingizda, o'zingizga ayting: bugun men bilan muomala qiladigan odamlar zerikarli, noshukur, takabbur, insofsiz, hasadgo'y va dushmanlarcha munosabatda bo'lishadi."

Dunyo Avreliy davridan beri deyarli 2000 yil ichida o'zgargan bo'lishi mumkin, ammo insonning xatti-harakati o'zgarmadi. Har kuni bizni g'azablantiradigan va chalg'itadigan odamlar va narsalar bor, ammo biz buni oldini olishga qodirmiz. Hamma narsa bizning reaktsiyamizga bog'liq. Boshqa odamlarning xatti-harakatlari uchun javobgarlikni olmang, o'zingiz uchun javobgarlikni o'z zimmangizga oling.

“Agar kimdir meni yomon ko'rsa, bu ularning muammosi. Mening vazifam jirkanshish yoki buni ovoza qilish emas. Mening ishim sabrli bo’lish va barcha bilan yayrab-kulish. Ularga xatolarini ko'rsatishga tayyorlik. G'azablangan tarzda yoki o'zini tuta bilishini ko'rsatish uchun emas, balki halol bo’lib, to'g'ridan-to'g'ri aytish. Shunday qilib, biz aslimizdek bo'lishimiz kerak va hech qachon xudolar bizni g'azab yoki norozilik hissi bilan ushlashiga yo'l qo'ymasligimiz kerak."

- Markus Avreliy, Meditatsiyalar

Odamlar hech qachon bizning ulardan yuqori umidlarimizni oqlay olmaydilar, shuning uchun ularning xatti-harakatlari bizning his-tuyg'ularimizni qo'zg'atishiga yo'l qo'ymasdan oldin, keling, nazoratimiz ostidagi narsalarga qaytaylik. Ayni damda qanday fazilatga amal qilishimiz mumkin? Bu yaxshi stoik va inson bo'lish yo'lidir.

3. To'siqlarni imkoniyat sifatida ko'ring.

"Tabiat har qanday to'siqni, har bir to'siqni o'z zimmasiga olib, uning atrofida harakat qilganidek - uni o'z maqsadlari uchun ishlatadi, o'z ichiga oladi - aqlli mavjudot har qanday nosozlikni xomashyoga aylantirib, o'z maqsadiga erishish uchun foydalanishi mumkin".

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Mark Avreliy va stoiklar to'siqlar zararli emasligini, ular aslida muvaffaqiyatga erishish va jarayonda yaxshiroq bo'lish imkoniyati ekanligini bilishgan. Avreliy aytganidek, tabiatga o'xshab, u o'z maqsadiga erishish uchun yaxshi va yomon narsalardan ham birdek foydalanadi. Har kuni biz turli voqealarga duch kelamiz, ular to’siqlar yoki ijobiy hodisalar bo’lishi mumkin. O'zingizga hikoyangizning yozuvchisi o’zingiz ekanligingizni, atrofingizdagi narsalarni qanday talqin qilishingiz o’zingziga bog'liqligini eslatib turing. Xarakteringizni mustahkamlaydigan va o'zingizni nazorat qilishni kuchaytiradigan tanlovlar qilish uchun vaqt ajrating. Bu imkoniyatlarni ko'rishga yordam beradigan tanlovlar.

4. Taqdiringizni seving

"Faqat hayotingizda sodir bo'lgan narsani va taqdiringizni seving. Bundan ortiq uyg'unlik yo'q."

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Stoiklar, qandaydir universal yo'l-yo'riqchi kuch ularni va barchamizni taqdir tomon tortadi, deb ishonishgan. Ular bu tushunchani arava tortayotgan itga qiyosladilar: biz yo orqa oyoqlarimiz bilan yerga mahkam o’rnashib, tortilishga qarshi tura olamiz - taqdir bizni olib boradigan joyda kurashamiz yoki biz tortilishni qabul qilib, taqdirimiz sayohatidan zavq olamiz.

Fridrix Nitshe insonning buyukligini lotincha “o'z taqdirini sevish” degan ma'noni anglatuvchi Amor Fati tushunchasiga bog'lagan:

“Insonning buyukligi haqidagi formulam - bu Amor Fati: inson hech narsani o'zgartirishni xohlamaydi, na oldinga, na orqaga, na abadiyatga. Faqat kerak bo'lgan narsaga chidabgina qolmay, uni yashirib qo'ymang, balki uni seving."

Stoiklar ularga ko'rsatilgan yo'ldan borishga va undan zavqlanishga qaror qilishdi. Ular biz o'z taqdirimizni sevib, unga ergashishimiz yoki unga qarshi turishimiz va kurashishimiz mumkinligiga ishonishadi.

Hayotimizda har bir vaqtning o'zida o'zgartirishni xohlaydigan narsalar mavjud. Biz ko'proq boshqalarga o'xshashni xohlaymiz, moslashishni xohlaymiz, lekin biz o'z yo'limiz uchun yaratilganmiz. Vaziyatingizdagi yaxshilikni ilg’ay oling, agar hali topmagan bo'lsangiz, qidirishda davom eting. Bu o’sha yerda.

5. Hayotingizni abadiyat bilan solishtiring

“Yodda tuting: bunda sizning ulushingiz qanchalik kichikligi muhim. Vaqt - siz uni qanchalik qisqa va tez o'tkazasiz. Taqdir - bunda siz qanchalik kichik rol o'ynaysiz."

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Mark Avreliy doimo hayotning o'tkinchiligi haqida bosh qotirgan. Buni u o'zining shaxsiy jurnallarida, hozirda "Meditatsiyalar" deb nomlanuvchi kitobida sanoqsiz marta eslatib o'tadi. U o'zigacha yashab o’tgan barcha odamlarni, ularning kasblari xilma-xilligini va endi ular shunchaki tutun va chang bo'lib qolganini eslatadi. Ushbu o'limni eslatuvchi ibora “Memento Mori” bo'lib, lotincha "o'lishingizni unutmang" degan ma'noni anglatadi. Biz bu eslatmadan Avreliy singari arzimas tashvishlarni chetga surib, ezgu hayot kechirishga, tushunish va hamdard bo'lishga va taqdirimizni sevishga ilhomlanish uchun foydalanishimiz mumkin.

Abadiyatga qarash to'siqlarimizdagi imkoniyatlarni ko'rishimizga yordam beradi. Quvonchli paytlarda biz “Memento Mori”dan foydalanib, bu lahzaning buyukligini, shu yerda, hozirda qadrlashimiz kerakligini anglaymiz.

Hayotimizni abadiylik bilan solishtirish, albatta, biroz kamsitish bo’lishi mumkin. Biz koinotda qanchalik kichik rol o'ynashimizni ko'ramiz va bu holat yaxshi. Siz stoiklar qo'llagan amaliyotdan foydalanishingiz mumkin: o'zingizni koinotda tasavvur qilish va Yerda sodir bo'layotgan hamma narsani yuqoridan kuzatish. Avreliy bu qarashni qabul qila oldi, odamlarda hamdardlikni rivojlantirdi, ularga mehr bilan munosabatda bo'ldi, chunki u hayotga obyektiv qaray oldi. Biz hammamiz bir-birimizga bog'langanmiz.

"Mening shahrim va davlatim - Rim - Antoninaga o’xshaydi. Lekin shaxs sifatidami? Dunyo sifatida. Shunday qilib, men uchun 'yaxshi' degani, ikkala jamoa uchun ham yaxshi bo'lgan narsani anglatishi mumkin."

- Mark Avreliy, Meditatsiyalar

Bu yerda bizga koinotdan Yerni ko‘rish imkonini beruvchi video. Bu Karl Saganning insoniyat va moviy sayyoramiz bilan bog'liq turli xil tasvirlar bilan boyitilgan nutqidir.

Avreliy va stoiklar bizga yaxshi yashashga oid amaliyotlar, g'oyalar va misollar keltirdilar. Keling, boshqa vaqtni behuda o'tkazmaylik. Ishga hoziroq kirishaylik!

Tarjimon:

Fazilat Kariyeva


Havolalar

Bu maqola aslida "Daily Stoic" websaytining "5 Timeless Life Lessons From Marcus Aurelius" nomli maqolasidan tarjima qilingan.