Amor Fati ta’rifi
"Amor fati" iborasi lotinchada "o’z taqdirini sevish" degan ma'noni anglatadi. U hayotda sodir bo'ladigan barcha narsani, jumladan baxtsizlik va yo'qotishlarni qabul qilibgina qolmay, balki ularni chindan ham sevadigan munosabatni tasvirlaydi.
Tarixi
Garchi Amor fati tushunchasi Epiktet va Mark Avreliy kabi stoiklar bilan bog'langan bo'lsa-da, uni nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) o'zining Ecce Homo kitobida quyidagidek ta'kidlagan:
“Mening insondagi ulug’vorlik retseptim - bu amor fati, har qanday narsani hech qanday o'zgarish xohlamasdan o'z holicha qabul qilish va sevish, - na o'tmishda, na hozirda, na abadiyatda. Sodir bo'lgan narsaga shunchaki chidabgina qo'ymay - idealizmning har qanday ko'rinishi asosiy narsaga duch kelganda yolg'ondir - aksincha, uni sevgi bilan qabul qilishdir."
Fridrix Nitsshe
Nitsshe o'zining "Quvnoq Bilm" kitobida ham amor fati haqida gapirib o’tgan:
"Men narsalarda zarur bo'lgan go’zallikni ko'rish uchun ko'proq va ko'proq o'rganishni xohlayman; Shunda men ham narsalarni go'zal qiladiganlardan bo'laman. Amor fati: bundan buyon bu mening sevgim bo'lsin! Men xunuklikka qarshi urush ochmoqchi emasman, ayblamoqchi ham emasman; Ayblayotganlarni ham ayblamoqchi emasman. Shulardan nigohimni burish yagona inkorimdir. Va umuman olganda: bir kun kelib men har qanday hodisaga "Ha" deb faqatgina uni qabul qilishni hohlayman.
Shunday qilib, amor fati qarashini qabul qiladigan inson nafaqat sodir bo'layotgan hamma narsani qabul qiladi, balki minnatdorchilik ruhi bilan salbiy voqealarni ijobiy tarafga o'zgartirishga intiladi.
Stoiklar nima deyishgan
Stoiklar "amor fati" iborasini alohida ishlatmagan bo'lsalar-da, bu tushuncha ularning ta'limotlarida yaqqol namoyon edi.
Epiktet "Enchiridion" kitobining 8-bobida buni yaxshi umumlashtirgan:
“Voqealar siz xoxlagandek bo'lishini kutmang; Aksincha, nima sodir bo'lsa ham, uni boricha qabul qiling: shunda siz chin baxtga erishasiz.”
Va "Yashash san'ati" asarida u bizga eslatib o'tadiki, sodir bo'layotgan har qanday voqeani sevib qabul qilish qiyin tuyulsada, biz bundanda ko'prog’iga qodirmiz:
"Hayotdagi har qanday qiyinchilik yashirin qobilyatlarimizni kashf etishga imkoniyat beradi. Biz boshdan kechirgan sinovlar kuchli tomonlarimizni anglashda kerakli vosita bo’lishi mumkin."
Mulohazali odamlar sodir bo’lgan voqeadan tashqariga qarab, undan mazmunli qiymat olish odatini shakllantirishga harakat qilishadi.
Tasodifiy voqea sodir bo'lganda, vahima qilmang. Qalbingizga quloq solib, o'zingizda bor resurslarni aniqlang. Chuqurroq izlaning va kuchingizni muammo haqida o'ylashga emas, aksincha uni yechimlariga yo'naltiring. Siz o'zingizda mavjud bo'lgan ammo siz bilmagan kuchlarga egasiz. To'g'risini toping. Va undan foydalaning."
O'zining “O'zim bilan yolg'iz” kundaligida (4.23), Mark Avreliy ham Taqdir peshonasiga yozgan narsalarni qabul qilishga tayyorligini aytgan:
“Parvardigor, senga nima mos kelsa, menga ham mos keladi; Agar biror narsa Sen uchun o'z vaqtida bo'lsa, men uchun ham yo juda erta yo kech emas. Fasllaring keltiradigan hamma narsa men uchun mevadir; hamma narsa Sendandir, hamma narsa Sendadir, va hamma narsa Senga qaytar."
Va Seneka o'zining 78-axloqiy maktubida taqdirni qabul qilish va sevishni osonlashtirish uchun kelajakdagi muammolarni ko'zlashni tavsiya etadi:
“Bu fikrni yodda tut: tushkunlikka tushma; farovonlikka ishonma; Har doim Taqdir nimaga qodirligini esda tut, go'yo u qo'lidan kelganini qiladi. Shunda, kutilgan narsalar osonroq keladi.”
Hozir qanday qilib Amor Fati-dan foydalanishim mumkin?
Amor fati-ni taqdirni qabul qilish va sevish deb atash ehtimol biroz mavhum tuyulishi mumkin. Xo'sh, qanday qilib stoiklardan ilhomlanib, amor fati-dan amalda o'z hayotimizda foydalanishimiz mumkin?
Agar biz duch kelgan taqdir istaganimizdak bo’lmasa, uni sevish, albatta, qiyinroq bo'ladi, shuning uchun keling, shu hodisaga e'tibor qarataylik. Yomon xabar olgandirsiz, ishda xato qilib qo'ygandirsiz, beixtiyor kimnidir ranjitgandirsiz, yoki jarohat olgandirsiz. Axir bu taqdir, bu hayot.
Agar biz ushbu vaziyatlarga oldindan tayyor tursak, ular sodir bo'lganda biz ajablanib qolmaymiz.
Taqdir mehribon bo'lmaganda siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan amor fati qo'llanmasi:
1. Aniqlab olish
Avvalo bir narsani bilishimiz kerak, yomon narsa ham yaxshi narsa ham bizning ularga nisbatan hukmimizdan yomon yoki yaxshi bo'ladi. Siz yomon deb o’ylagan narsani boshqasi aksincha ko’rishi mumkin, shuning uchun avvaliga barcha narsaga obyektiv yondashishimiz kerak.
2. Mantra
Bizda muammoning to’liq tasviri mavjud. Endi uni sodir bo’lganligini qabul qilishimiz kerak. Muallif va sobiq dengiz kuchlari a’zosi Joko Villink shunday xolatlar uchun o’zining mantrasi mavjud edi: “Yaxshi”. U "Intizom Ozodlikka Teng" kitobida quyidagidak yozadi:
Vaziyat yomonlashganda: bir pasda hafa bo’lma, hayratlanma, qo’rqib ham ketma. Yo’q. Shu xolatga qara hamda shunday de: Yaxshi. Hozir, chaynalmoqchi emasman, va doim Kulib Turadigan Positiv Optimistik kishi bo’lishga ham harakat qilmayabman - bunday inson achchiq haqiqatni rad etadi. Bunday inson yaxshi kayfiyat barcha muammolarni hal qiladi deb o’ylaydi. Aslida, u adashadi. Lekin o’sha muammoga yopishibolish ham uni hal qilmaydi. Yo’q. Haqiqatni tan ol, lekin yechimga diqqatingni qarat. Ho’p, o’sha masalani ol, o’sha muvaffaqiyatsizlikni qabul qil, o’sha muammoni ko'ra bil, va uni biror yaxshi narsaga aylantir,
3. Yechimlar
Shuni bilingki, qachon ishlaringiz yomonlashganda doim ularni yaxshi xolatga o'zgartirish imkoniyati mavjud. Taqdirni qabul qilishdan uni sevishgacha bo’lgan yetuklik davomida, bizga yo’liqqan qiyinchiliklarni sinov kabi qabul qilishimiz kerak. Sinovlar nimaga qodir ekanligimizni ko’rsatadi. Va shu yo’lda esa, bazida qiyinchiliklarni o’zimiz sog’inib qolishimiz mumkin.
4. So’ngi eslatma
Qadimgi maqolda aytilganidek, hammasi o’tib ketadi. Qiyin vaqtlarni sevishni o'rganish bizga yanada ko'proq hayotni sevishga undaydi. Agar qiyinchiliklar o’tib ketishi uchun vaqtni tezroq o’tishini xoxlasangiz, bilingki, sizga hech qachon qaytib kelmaydigan qimmatli vaqtni tezroq ketishini xoxlayotgan bo’lasiz, yani sevish uchun sarflashingiz mumkin bo’lgan vaqtingizni.
Tarjimon
Ozodbek Eshboboev
Havolalar
Bu maqola aslida "What is stoicism" websaytining "What Is Amor Fati?" nomli maqolasidan tarjima qilingan.