Qul faylasuf Epiktet:
Milodiy 55-yilda tug'ilgan Epiktet qadimgi Yunonistonda qul sifatida past tabaqadan chiqqan. U duch kelgan musibatlarga, jumladan, qullik hayoti va uning jismoniy zo’riqishiga qaramay, u o'z sharoitlaridan ustun bo'lib, o'z davrining eng nufuzli faylasuflaridan biriga aylandi. Epiktetning hikoyasi chidamlilik kuchi va stoik falsafasining o'zgartirish qobiliyatining isboti bo'lib xizmat qiladi.
Uning erta hayoti qiyinchilik va shafqatsizlik bilan o'tdi, uning qulligi uni tasavvur qilib bo'lmaydigan azoblarga duchor qildi. Ko'pchilik uning boshidan kechirgan yomon munosabatlar uning oyog'ining mayib bo'lishiga sabab bo’lgan, keyin esa butun umri davomida oqsoqlanib qolgan deb aytishadi. Shunga qaramay, Epiktet o'zining stoitsizmga bo'lgan ishtiyoqining urug'larini boshdan kechirgan og’riq va qiyinchiliklardan olgan.
Achchiqlanish yoki umidsizlikka berilish o'rniga, Epiktet o'zining shaxsiy tajribasidan ma'lumot berish va stoik falsafasi haqidagi tushunchasini boyitish uchun ishlatgan. U falsafani nafaqat aqliy izlanish, balki uning ta'limotini qabul qilganlar hayotini yaxshilaydigan amaliy vosita deb hisoblagan. O'z hayoti orqali u azob va qiyinchiliklarni yengish vositasi sifatida chidamlilik va fe’l-atvorning mustahkamligi haqidagi stoik idealini namuna qilib ko'rsatdi.
Ozodlikka erishgach, Epiktet faylasuf va muallim sifatida hayotida yangi sahifani boshladi. U o'z maktabini ochdi va u yerda o'z donoligini boshqalar bilan baham ko'rdi va stoik tamoyillarining kuchini amalda ko'rsatdi. Epiktet faylasuflik faoliyati davomida kuchli fe’l-atvorni tarbiyalash va hayotiy qiyinchiliklarni yengish uchun oqilona fikrlashdan foydalanish muhimligini ta'kidladi.
Epiktet hech qachon kitob yozmagan yoki nashr etmagan bo'lsa-da, uning ta'limoti shogirdlaridan biri tomonidan abadiylashtirilgan. Bu fidoyi o'quvchi Epiktetning ma'ruzalarini qunt bilan yozib oldi va ularni eslatmalar to'plamiga jamladi va ular oxir-oqibat mashhur "Epiktet nutqlari" matniga aylangan. Ushbu muhim asar qadimgi falsafaning asosi bo'lib qolmoqda va stoitsizmning doimiy ta'siridan dalolat beradi.
“Erkinlik va baxtga erishish uchun ushbu haqiqatni anglab yeting: hayotdagi ba’zi narsalar sizning nazoratingiz ostida, qolganlari esa yo’q. Sizning nazoratingiz ostiga fikrlaringiz, intilishlaringiz, istaklaringiz va sizni o’zidan yiroq qiladigan narslalar kiradi. Biz doimo ichki dunyomizni mazmuni va tabiatini tanlash imkoniyatiga egamiz. Qolgan barcha narsa sizning nazoratingiz ostida emas. Shuni yodda tutish kerakki, bu narsalar tashqi narsadir va sizni tashvishga solmaydi.”
- Epiktet
Epiktetning stoik falsafasi:
Qul sifatida hayot doimiy zo’ravonlik tahdidi, qatl yoki yomon munosabat tufayli azob-uqubat va noaniqlik bilan to'la edi. Shunga qaramay, Epiktet inson qanday holatda bo'lishidan qat'i nazar, yaxshi hayot kechirishi mumkinligiga ishongan. U barcha narsa fikrlarimizni qanday boshqarishimizga va dunyoga qanday nazar solishimizga bog'liq ekanligini ta’kidlagan. Uning chidamli bo'lish usuli nazorati ostida bo'lgan va bo’lmagan narsalarni doimiy eslatishdan iborat bo’lgan.
"Odamlarni narsalar emas, balki ularga bo'lgan qarashlari bezovta qiladi."
- Epiktet
Sitius Zenonning yo'l-yo'riqlari va ta'limotlari bilan Epiktet o'z hayotidagi tahdidlarga qaramay, xotirjam va aqliy jihatdan chidamli bo'lishga imkon beradigan fikrlash tizimini ishlab chiqdi. U buni o'z nazorati ostida bo'lgan narsaga e'tibor qaratish va bo'lmagan narsani qabul qilish orqali amalga oshirdi:
"Buni o'z mezonlaringizga asoslanib sinab ko'ring va baholang, lekin birinchi navbatda: "Bu mening nazoratimdagi narsami yoki yo'qmi?" deb o’zingizga savol bering va agar bu siz nazorat qiladigan narsalardan biri bo'lmasa, “Unda bu meni tashvishga solmaydi” degan munosabatga tayyor turing."
- Epiktet
Uning asarini o'qish ba'zan qiyin bo'lsa-da (tarjimaga qarab), Epiktet bizga biror narsa nazoratimiz ostida yoki tashqarisida ekanligini aniqlashga ko’rsatma beradi. Agar biz uni tashqarisida deb bilsak, "U holda bu meni tashvishga solmaydi" deyishga tayyor bo'ling. Bu farqni yaratib, energiyamizni ixtiyorimizdagi narsalarga qaratishga qaror qilsak, hayotda yechim topishda yanada samaraliroq bo'lamiz va nazoratimizdan tashqarida bo’lgan va hech narsa qila olmaydigan narsalarning ta'sirini kamaytiramiz.
Epiktetning asari tarix davomida odamlarga katta ta'sir ko'rsatdi. Stoiklarning saboqlari Rimning eng buyuk imperatorlaridan biri, Stoik Rim imperatori Mark Avreliyga yetib bordi. Avreliy Epiktetning ta'limotidan chuqur ta'sirlangan va o'zining "Meditatsiyalar" deb nomlangan nomsiz jurnali o'z-o'zidan juda kuchli va Epiktetning fikrlarini o’z ichiga oladi. “Meditatsiyalar” kitobi umri tugayotgan imperatorning shaxsiy jurnali bo’lishiga qaramay, ko’plar uni dunyodagi eng buyuk falsafa asarlaridan biri deb biladi.
Zamonaviy harbiy asirlar stoik falsafasining qadimiy saboqlaridan taskin topdilar, ular asirlikda ularga qilingan har qanday narsa ularning nazorati ostida emasligini va ular hali ham o'z onglari ustidan nazorati borligini, hech kim ulardan tortib ololmasligini tushunishda bardoshli bo'lishdi. Imperatorlar va harbiy asirlar tomonidan qo'llaniladigan bu tushuncha bizning farovonligimizni saqlash uchun kalit hisoblanadi
Nazoratning Stoik bo’linishi:
"Baxtli bo’lishning bitta yo'li bor - bu ixtiyorimizdan tashqarida bo’lgan narsalar haqida tashvishlanishni to'xtatish."
- Epiktet
Epiktet bizga o'zining nazoratning Stoik bo’linishi haqidagi tushunchasini meros qilib qoldirdi, bu oddiy tushuncha atrofimizdagi dunyo sabab bo'ladigan azob-uqubatlarning oldini olish bo'yicha edi. Uning stoik amaliyoti bo'yicha qo'llanmasi quyidagi so'zlar bilan boshlanadi:
“Ba'zi narsalar bizning nazoratimiz ostida, boshqalari esa yo'q. Bizning nazoratimizdagilar fikr, shijoat, istak, nafrat va, bir so'z bilan aytganda, o'zimiz amalga oshiradigan narsalar; Bizning tanamiz, mol-mulkimiz, obro'-e'tiborimiz, lavozimimiz va bir so'z bilan aytganda, o'zimizga bog'liq bo'lmagan barcha narsalar nazoratimizning tashqarisida.”
Nazorat - bu zamonaviy dunyoda aniq ko'rish qiyin bo’lgan mavzudir, biz odatda aslidan ham ko’ra ko’proq nazoratga egamiz deb o’ylaymiz.
Aslida, biz juda ham oz nazoratga egamiz. Bu noqulay fikr; ammo, biz nazorat qilamiz deb o'ylagan narsalarning ko'pchiligi bizning nazoratimiz tashqarisidadir.
Hammamiz o'zimiz o’ylagandanda ko’ra ko’proq atrofimizni nazorat qilishimizga ishonamiz. Bu juda keng tarqalgan insoniyatga xos fikrlashdir. Bu ham tushunarli, chunki biz nazoratdan tasalli topamiz. Agar bizda biror narsa ustidan nazorat bo'lsa, bu biz uni o'zgartirishimiz mumkinligini anglatadi va agar biz uni o'zgartira olsak, bu bizga kuch beradi va atrofimizdagi xavfni kamaytiradi.
Biroq, aslida, bizda bu narsalar ustidan nazorat juda kam va men pastda nima uchun nazorat qila olishlik darajasini oshirib yuborish juda ko'p keraksiz azob-uqubatlarga olib kelishi mumkinligini aytib o'taman.
Har bir inson o'z ixtiyorida bo’lgan va bo’lmagan narsalarni aniqlab olishga javobgardir. O'z kuchimiz haqiqatiga qanchalik yaqin bo'lsak, hayot oxir oqibat bizga ko'rsatganda, shunchalik kamroq azob chekamiz.
Ushbu ikkita xilma-xillik amalga oshirilganda, biz ikkita tanlovga ega bo'lamiz: vaqtimizni o'zimiz nazorat qila olmaydigan narsalar haqida qayg'urish bilan o'tkazishni tanlashimiz yoki energiyamizni hayotimizning nimadir qila oladigan sohalariga qaratishimiz.
Bunga vaqt sarflashning aniq sababi bor, chunki dunyodagi ko'plab umidsizliklar bizning nazoratimizdan tashqarida bo'lgan narsalarga haddan tashqari ko'p e'tibor berishdan va bizning nazoratimizdagi narsalarga juda kam e'tibor berishdan tug'iladi.
Birinchi soha: Nazoratimiz ostidagilar:
— O’ylarimiz
— Qarashlarimiz
— Harakatlarimiz
Ikkinchi soha: Nazoratimizdan tashqaridagilar:
— Ob-havo
— Iqtisodiyot
— Boshqa insonlar va ularning harakatlari, o’ylari, va qarashlari.
— Vaqt
— Biz tanamiz ( biz sog’lig’imizni yaxshilashimiz mumkin, lekin u barbir oxir-oqibat pand beradi)
— Buyumlarimiz
— Bizning obro’-e’tiborimiz yoki odamlarning biz haqimizdagi o’ylari
Translator:
Ozodbek Eshboboev
Havolalar
Bu maqola aslida "Orion Philosophy" websaytining "Who Was Epictetus? The Slave Who Became A Stoic Philosopher" nomli maqolasidan tarjima qilingan.