...

Lutsiy Anney Seneka, yoki shunchaki Seneka, faylasuf va notiq bo’lgan. U O’rganishimiz uchun anchagina adabiyot qoldirgan birinchi stoiklardan hisoblanadi. 

2000 yildan avvalroq tavallud topgan Seneka, Katta Senekani o’gli edi va uni anchamuncha obro’si bor edi.

Bir tarafdan, bizda uning ham ancha amaliy ham zamonbop adabiyotlari mavjud. Hayotdagi muqarrar muammolarni jilovlashda ilm izlashdan foydalangan Seneka ancha muvaffaqiyatli hisoblanishi mumkin edi. Uning ta’limoti Paskal, Fransis Beykon, va Monteyn kabi ta’rixan mashxur odamlarga ta’sir o’tkazibgina qolmay hozirgi insonlar hayotini ham akslantiradi. Nasim Talib uning hayotiga shu qadar sho’ngiydiki hatto o’zining “Bardoshli” kitobidagi butun boshli bob ni Senekaga bag’ishlaydi.

"Bizga oz hayot berilmagan, o’zimiz uni ozaytiramiz, va hech qanday kam ta’minlangan ham emas, aksincha o’zimiz isrofgarmiz."

- Seneka

Boshqa tarafdan eski uning hayoti o’zining prinsplariga to’g’ri kelmaydi. Oddiygina uning Nero bilan munosabatini misol qilib olaylik. Milodiy 41 yilda Klaudiy imperator bo’ladi hamda Senekani Korsika oroliga surgun qiladi. Shu yerda Neroning onasi Agripina Senekani bo’lg’usi imperator Nero uchun murabbiylik qilish evaziga 8 yillik surgundan qutqarib oladi. Nero Rim Imperatorlari orasida eng shafqatsizlaridan biri bo’ladi, shu sabab ko’plab odamlar bu ishda Snekani ikkiyuzlamachilikda ayblab: Qanaqasiga shunday dono odam Neroni o’qitishi mumkin deya iddao qilishadi?

Nero kabi yomon insonlarga xizmat qilish albatta mo’maygina daromad demakdir. Garchi Seneka ancha boyigan bo’lsada, u o’ziga chog’ ham qazigan edi. Nero, Seneka uni taxtdan ag’darishga urinayotganidan shubhalanib uni o’limga hukm qiladi. (U o’z hayotiga o’zi nuqta qo’ydi)

Ko’plarimiz kabi Seneka ham hayotning oq qorasini ko’rib yashadi. Garchi biz orolga surgun qilinmagan bo’lsak-da yoki eng zolim imperatorga ta’lim bermasakda, hayotimizda turli muammolar bo’ladi, masalan ajrashish, o’zingizga yoqmagan inson qo’lida ishlash, suyukli insondan ajrab qolish va hokazo. Shunday holatlar insonni Stoitsizm ta’limotini kashf qilishga undaydi, va bu insonlar hayotida katta burilish bo’ladi.

Seneka hamda, yana bir mashxur faylasuf-imperator, Mark Avreliy ham falsafadan hayotlari uchun foydalanishgan. Ular hayotda bo’ladigan balki adolatsizlik yoki ahmoqliklarni nazorat ostida ushlash uchun qanday qilib Idrok dan foydalanishni bilishmoqchi edi. Ularning ishlardan olishingiz mumkin bo’lgan bilimlar albatta barcha zamonga mos kelaveradi va shuning uchun ham biz bulardan hozirgacha foydalanamiz,

Seneka o’gitlari

"Haqiqatni vaqt ko’rsatadi."

"Ishqalanishsiz olmos bo’lmaganiday, erkak kishi ham sinovlarsiz mukammal bo’lolmaydi."

"Odatda og’riqdan ko’ra ko’proq qo’rquvni his qilamiz, va reallikdan ko’ra ko’proq tasavvurdan azoblanamiz."

"Gap nima nima qilganing yoki berganingni qiymatida emas, aksincha shuni qilish yoki berish niyyatidaligingda."

"Barcha yovuzlik zaiflikdan ildiz otadi."

"Ertaklar ham voqelikka asoslanadi: gap uni qancha davom etishida emas, qanchalik ma’no kasb etishida."

"Keraksiz paytda azob chekkan odam, keragida keragidan ortiq azoblanadi."

"Qo’rquvni asosiy sababi rad etish."

"Gap nimaga chidaganingda emas, qanday chidaganingda."

"Kelasi noxushliklarni oldindan ko’ra bilgan kishi ular kelganda o’z kuchini yig’ib olgan bo’ladi."

"Kelajak mavhumlikdan iborat: hozir bilan yasha!"

Tarjimon

Saydullo Olimjonov

Havolalar

Bu maqola aslida "Farnam Street" saytining "Who is Seneca?" nomli maqolasidan tarjima qilingan.