...

 


I: Stoitsizm nima?

II: Stoitsizm qanday boshlangan?

III: Stoik faylasuflar kimlar bo’lgan?

Mark Avreliy

Seneka

Epiktet

IV: Stoitsizmning 4ta fazilati

Jasorat

Vazminlik

Adolatlik

Zakovat

V: Stoitsizm haqida bo’lgan eng sara kitoblar

Meditations by Marcus Aurelius - O'zim bilan yol'giz, Markus Avreliy

Letters From A Stoic by Seneca - Stoikdan kelgan hatlar, Seneka

Discourses by Epictetus - Nutqlar, Epiktet

The Daily Stoic by Ryan Holiday and Stephen Hanselman - Kundalik stoik, Rayn Holidey

The Obstacle Is The Way by Ryan Holiday - To’siq - bu yo’l, Rayn Holidey

VI: Qanday qilib stoik bo’lish mumkin: boshanishiga 9ta stoik mashqlar

Nazorat dixotomiyasi

Jurnal tutish

Baxtsizlikni mashq qilish

Hislarni o’rgatish

Esingizda tuting - buni hammasi vaqtinchalik

Yuqoridan qarang

Memento mori: o’lim haqida mulohaza yuriting

Premeditatio Malorum

Amor Fati

VII: Eng kuchli stoik iqtiboslar


I: Stoitsizm nima?

"Barcha odamlardan faqat falsafaga vaqt ajratadiganlarigina huzurdadirlar, faqatgina ular chin ma'noda yashay olishadi. Har bir kunlarini yaxshi o'tkazish bilan qoniqibgina qolmay, ular har bir asrni o'zlarining yoshiga qo'shishadi. Ularning tajribasi va bilimi o'tmishda bo'lib o'tgan har qanday voqealar bilan boyiydi."

- Seneka

Rimning eng buyuk imperatorlaridan birining shaxsiy kundaliklari, Rimning eng kuchli dramaturglari va kotta siyosiy kuchga ega bo’lgan dono shaxslardan birining shaxsiy maktublari, sobiq qul va kuchli ta’sir o’tkaza oladigan o'qituvchiga aylangan surgunning ma'ruzalari. Taxminan ikki ming yil o'tgach, har qanday qarama-qarshiliklarga qaramay, bu ajoyib hujjatlar saqlanib qoldi. Ular dunyo tarixidagi eng buyuk hikmatlarni o'z ichiga oladi va ular birgalikda Stoitsizm deb ataladigan qadimiy falsafaning asosini tashkil etadilar. Stoizsizm bir paytlar G'arbdagi eng mashhur fuqarolik fanlaridan biri bo'lgan va boylar va qashshoqlar, qudratli va yaxshi hayot yo’lida kurashayotganlar tomonidan teng qo’llanilgan.

Donolikning eng ishtiyoqmand izlovchilaridan tashqari, stoitsizm boshqalar uchun no’malum tuyuladi yoki ular uni anglashga qiynaladi. Oddiy odam uchun bunday jonli, harakatga yo'naltirilgan va keskin hayot tarzi "hissiyotsizlik" ning qisqartmasi bo'lib qoldi. Falsafa haqida shunchaki eslatib o'tishning o'zi ko’plarning asabiylashishi yoki zerikishiga olib kelishini hisobga olsak, "Stoik falsafa" sirtdan qaraganda, kundalik hayotda zudlik bilan zarur bo'lishi u yoqda tursin, har kim o'rganishni xohlaydigan oxirgi narsaga o'xshaydi.

O'zining munosib o'rnida, stoitsizm o'z-o'zini egallash, qunt-matonatga va donolikka intilish vositasidir: akademik izlanishning tushunish qiyin bo’lgan sohasi emas, balki buyuk hayot kechirish uchun foydalaniladigan falsafadir. Shubhasiz, tarixning ko‘plab buyuk aql-idroklari stoitsizmning asl mohiyatini tushunish bilan chegaralanmay, balki uni tubidan qidirib topdi. Jorj Vashington, Uolt Uitman, Buyuk Fridrix, Evgeniya Delakrua, Adam Smit, Immanuel Kant, Tomas Jefferson, Metyu Arnold, Ambroz Biers, Teodor Ruzvelt, Uilyam Aleksandr Persi, Ralf Valdo Emersonlar bulardan yorqin misollardir. Har biri stoiklarni o'qigan, o'rgangan, iqtibos keltirgan yoki ulardan hayratda qolgan. Qadimgi stoiklarning o'zlari ham malakasiz emas edilar. Siz duch kelgan ismlar - Mark Avreliy, Epiktet, Seneka - mos ravishda Rim imperatori, imperator Hadrianusning nufuzli o'qituvchisi va do'sti bo'lishga erishgan sobiq qul, mashhur dramaturg va siyosiy maslahatchiga tegishli edi.

Bularning barchasi va boshqa son-sanoqsiz buyuk shaxslar stoitsizm ichida boshqalar o’tkazib yuborgan nimani topdilar? Ajoyib. Birinchidan, Stoitsizm hayotning barcha qiyinchiliklari uchun juda zarur kuch, donolik va chidamlilikni beradi.

II: Stoitsizm qanday boshlangan?

Miloddan avvalgi 304-yilda Zenon ismli savdogar safarida Afinaga yaqinlashganda kema halokatiga uchraydi. U deyarli hamma narsasini yo'qotadi. Afinaga yetib borgach, uni kinik (ingiliz 'cynic' so'zidan) faylasuf Krates va Megar faylasufi Stilpo falsafa bilan tanishtiradi va bu tanishtiruv uning hayotini o'zgartirdi. Keyinchalik Zenon "Aslida, kemalarim halokatga uchragan kuni, men uchun juda omadli safar bo'lgan" deb hazillashgan edi. Keyinchalik u “Stoa Poikile” deb nomlanuvchi joyga ko'chib o'tadi (so'zma-so'z 'bo'yalgan ayvon'). Miloddan avvalgi 5-asrda qurilgan - uning xarobalari hali, taxminan 2500 yildan keyin, ham bor - bo'yalgan ayvon Zenon va uning shogirdlari muhokama qilish uchun yig'ilish uchun joy bo’lgan. Uning izdoshlari dastlab Zenonchilar deb atalgan bo'lsa-da, u asos solgan falsafiy maktab, deyarli har bir maktab va dindan farqli o'laroq, oxir-oqibat uning nomini olmagani Zenonning kamtarligidan dalolatdir.

III: Stoik faylasuflar kim bo’lgan?

Spartaliklar qiroli Agasikl bir marta "men ham o'g'li bo'lishni xohlaydigan odamlarning shogirdi" bo'lishni xohlayman deya kinoya qilgandi. Bu biz o'rnak oladigan insonlarni izlayotganda juda muhim e'tiborga olishimiz kerak bo’lgan narsadir. Stoitsizm ham bundan mustasno emas. O'qishni boshlashdan oldin o'zimizga savol berishimiz kerak: bu tamoyillarga ergashgan insonlar kimlar edi? Kimni misol qilib ko'rsatishim mumkin? Men bu odamga ergashishdan faxrlanamanmi? Men ularga ko'proq o'xshashni xohlagan bo’larmidim?

Rim imperatori Mark Avreliy, dramaturg va siyosiy maslahatchi Seneka va quldan taniqli o'qituvchiga aylangan Epiktet - bular siz birinchi navbatda bilishingiz kerak bo'lgan uchta stoikdir. Ishonchimiz komilki, siz ularning izidan borishni xohlaysiz.

IV: Stoitsizmning 4ta fazilati

Stoitsizmning 4ta eng asosiy fazilatlar


Bular stoik falsafasining eng muhim qadriyatlari bo’lib hisoblanadi. “Agar hayotingizda biror-bir nuqtada, - deb yozgan edi Mark Avreliy, - siz adolatdan, haqiqatdan, o'z-o'zini idora etishdan, jasoratdan yaxshiroq narsaga duch kelsangiz, bu haqiqatan ham g'ayrioddiy hodisa bo'lishi kerak". Bu so'zlar deyarli yigirma asr oldin yangragan edi. O‘shandan beri biz ko‘p narsalarni kashf etdik- avtomobillar, internet, ilgari bedavo sanalgan kasalliklarni davolovchi vositalar. Ammo jasur bo'lishdan, vazminlik va hushyorlikdan, to'gri amaldan, haqiqat va uni anglay bilishdan ko'ra yaxshiroq narsani izlab topdikmi?

Yo'q, buning uddasidan chiqa olmadik, qachondir bunga erishishimiz ham dargumon. Zero, hayotda duch keladigan har bir voqea-hodisaga ushbu to'rtta tamoyil ila yondashishimiz kerak:

Jasorat

Agar siz Kormak Makkartining "Hamma chiroyli otlar" romanini o'qigan bo'lsangiz, Emilio Peresning Jon Grediga bergan asosiy savolini eslang - bu hayotning mazmun-mohiyati va munosib yashash uchun barchamiz nima qilishimiz kerakligi so’ragan edi.

"Dunyo seni yuraging bormi yo'g'ligini bilmoqchi. Jasoratingni sinamoqchi."

Stoiklar buni biroz boshqacha talqin qilishganlari mumkin. Seneka baxtsizlikni loaqal bir marotaba boshidan kechirib ko'rmagan insonlarga nisbatan achinish hissi tuyganligini aytib o'tgan.

"Siz raqibsiz hayot kechirdingiz, - deydi u, - hech kim sizni nimaga qodirligingizni bilmaydi, hatto o'zingiz ham".

Dunyo sizning qaysi toifaga mansubliginingizni bilishni xohlaydi va shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan mushkul vaziyatlarni yuborib turadi. Ularni noqulayliklar yoki hatto fojialar sifatida emas, balki imkoniyatlar, javob berishingiz zarur bo'lgan savollar sifatida ko'ring. Menda jasorat bormi? Men dovyurakmanmi? Men bu muammoga mardlarcha yuzlana olamanmi yoki undan qochib ketamanmi? Men oyog’ga turamanmi yoki yakson bo’lmanami?

Harakatlaringiz qog'ozga tushsin va nima uchun jasorat eng muhim xususiyat ekanligini o'zingizga yana bor eslatib qo'ying.

Vazminlik

Albatta, hayot shu qadar oddiy yoki bir tekis emaski, unda jasorat hamma narsaga javob bo’lishi uchun. Har bir inson jasorat zarurligini tan oladi, lekin shu bilan bir qatorda ularning jasorati beparvolikka aylanib, o'zlarini va boshqalarni xavf ostiga qo'yishlari mumkinliginiyam rad etib bo'lmaydi. So'ngra esa, o'zlarini ayblashdan nariga o'tishmaydi.

Bu yerda buyuk faylasuf Arastuning so'zlariga yuzlanamiz. U o'zining mashhur "Oltin muvozanat" metaforasida jasoratni asosiy misol sifatida qo'llagan va uning bir tomonida qo‘rqoqlik – jasoratning yetishmasligi, boshqa tomonida - ehtiyotsizlik, ya'ni haddan tashqari botirlik yotishini tasvirlagan. O'shanda biz oltin muvozanat yoki, boshqacha qilib aytganda, "Me'yor" va mo'tadillikni tanlashimiz lozim.

Bu qoidaga ko'ra sizdan zaruriyatdan tashqari ortiqcha hech narsaga qo'l urmasligingiz talab qilinadi. Ezgu amalni to'g'ri yo'l bilan me'yorida amalga oshirgan durust.  Arastu yana shunday degan edi:

"Biz, insonlarni, doimo amal qiladigan ishlarimiz shakllantiradi, shuning uchun mukammallik - bu harakat emas, balki odatdir".

Sababi, barcha go'zal fazilatlar va mukammallik hayot tarzidagina namoyon bo'ladi. Hayot tarzi asos demakdir. U operatsion tizimga o'xshaydi, tizimni boshqaradigan kod esa odatlar sanaladi.

Keyinchalik  Epiktet ham bu masalaga o'z fikrini bildirgan:

“Qobiliyat - tegishli harakatlarda, yurish – yurishda, yugurish – yugurishda tasdiqlanadi va kuchayadi... Shuning uchun, agar biror narsa qilishni istasangiz, uni odatga aylantiring”.

Xullas, agar biz baxtli bo'lishni istasak, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsak, buyuk bo'lishga intilsak, nafaqat qobiliyatlarni rivojlantirishimiz, balki bunga erishishga imkon beradigan kundalik odatlarni ham rivojlantirishimiz kerak.

Bu ajoyib yangilik emasmi? Axir, bu g'ayrioddiy harakatlarsiz yoki sehrli formulalarsiz ulkan natijalar yoki katta o'zgarishlarga erishish imkoni beradi. Kichik o'zgartirishlar, mukammal tizim, puxta jarayonlar - va siz maqsadingizga erishasiz.

Adolat

Jasoratli bo'lish. Muvozanatni topa bilish. Bular stoiklarning asosiy fazilatlari bo'lishiga qaramay, eng ko'p e'tiborga molik bo'lgan xususiyat ular uchun - bu to'g'rilik.

Adolatdan muhimroq narsa yo'q, chunki u barchaga birdek ta'sir ko'rsatadi. Mark Avreliyning o'zi adolat "barcha boshqa fazilatlarning manbai" ekanligini  ta'kidlagan. Insoniyat tarixi davomida stoiklar adolatni ko'klarga ko'tarishgan. Ko'p hollarda ular buyuk ishlarni amalga oshirish, qadrli insonlari, shuningdek, g'oyalarini  himoya qilish uchun yuksak jasorat ila o'zlarini xavf ostiga qo'yishgan.

Katon Rim Respublikasini tiklash uchun o'z jonini fido qilgan. Fraseya va Agrippinus esa Neronning zulmiga qarshilik ko'rsatib, halok bo'lganlar. Jorj Vashington va Tomas Jefferson yangi millatga asos solishgan, ular qanchalik nomukammal bo'lsalar ham, Katon va boshqa stoiklarning falsafasidan ilhomlanib, demokratiya va adolat o'rnatishga harakat qilishgan. Epiktetning tarjimoni Tomas Uentvort Xigginson Amerika fuqarolar urushida qora tanli askarlardan iborat polkni boshqargan. London Iqtisodiyot maktabini tashkil etishga ko'maklashgan va jamoaviy muzokaralar g'oyasini ilk bora ilgari surgan Beatris Uebb, Markus Avreliyni muntazam ravishda qayta-qayta o'qib chiqqan.

Son-sanoqsiz yana ko'plab boshqa davlat arboblari va siyosatchilar stoitsizmga murojaat qilib, ular uchun muhim sanalgan ideallarni himoya qilish, bu yo'lda qiyinchiliklarni yengib o'tish va insonlarni shu qadar tartibsiz dunyoda to'g'rilikka yo'naltirishga urinishgan.  Stoik inson dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishi mumkinligiga chuqur ishonishi kerak.  Muvaffaqiyatli akvitizm va siyosiy taktikalar o'z o'rnida hodisalarni aniq tushunish, strategiya, shuningdek, haqiqat... va umidni talab qiladi. Buning uchun donolik, vaziyatni to'g'ri qabul qilish va mavjud bo'lgan "status-kvo", ya'ni ... dan bosh tortish kerak.  Jeyms Bolduin bu keskinlikni "Mahalliy o'g'ilning eslatmalarida" yorqin holda aks ettirgan:

"Har bir inson o'zaro qarama-qarshi bo'lib tuyulgan ushbu ikkita g'oyani doimo yodda tutishi kerak. Birinchi g'oyaga ko'ra hayotni va insonlarni qanday bo'lsa, o'z holicha qabul qilishimiz lozim, bu bilan adolatsizlik odatiy hol ekanligi ayon bo'ladi.  Ammo, xotirjam bo'lishga erta, negaki ikkinchi g'oya teng kuchga ega: inson o'z hayotida hech qachon bu adolatsizliklarni odatiy hol deb qabul qilmasligi, aksincha ularga metin iroda bilan bilan kurashishi kerak."

Stoiklar dunyoga nafaqat aniq va ravshan tarzda nazar solishadi, balki  ular dunyoning qanday bo'lishi mumkinligini ham tasavvur qila olishadi. O'z qarashlarini haqiqatda amalda namoyon qilish uchun ham  yetarlicha jasoratga qodir va strategik qarashga egadirlar.

Donolik

Jasorat. Mo'tadillik . Adolat. Bu hayotdagi eng muhim fazilatlardir. Lekin qanday vaziyatlarda jasorat kerak? Muvozanat nima? Nima qilish to'g'ri-yu, nima noto'g'ri? Bu yerda oxirgi va eng muhim xislat muhim rol o'ynaydi: Hikmat. Bilim. Ta'lim. Hayotda o'z o'rnimizni topishimiz uchun zarur bo'lgan tajriba.

Donolik stoiklar tomonidan doimo e'zozlangan. Zenon bizga ikkita quloq va bitta til bejizga berilmaganligini aytgan: biz  so'zlashdan ko'ra ko'proq tinglashimiz zarur. Ikkita ko‘z berilgan ekan, gapirganimizdan ko‘ra ko‘proq o‘qishimiz va kuzatishimiz foydaliroq.

Qadimda bo'lganidek, bugungi kunda ham sizning ixtiyoringizda juda ko'p ma'lumotlar mavjud va ular orasidan to'laqonli yaxshi hayot kechirish uchun zarur bo'lgan haqiqiy donolikni ajrata bilish katta san'at. Biz fikrimiz teran bo'lishi uchun doimiy ravishda o'rganishimiz lozim. Epiktet esa bu haqda, "Siz allaqachon bilaman deb o'ylagan narsani o'rganolmaysiz", degan edi. Bu haqiqat.

Shu sababdan izlanuvchan talaba bo'lishning o'zi kifoya etmaydi, to'g'ri yo'lga yo'naltiruvchi o'qituvchilardan yordam so'raymiz. Biz o'qishimizda davom etavarimiz. Biz o'rganishni hech qachon to'xtata olmaymiz. Muhimi, ovozli  ishoralarni shovqindan ehtiyotkorlik bilan ajratib olishimiz kerak.

Maqsad shunchaki ma'lumot olish emas, balki to'g'ri ma'lumot olishdir. Bularni Epiktetning dunyosiga "Meditatsiya" asari orqali kirishda, Epiktetning o'zidan tortib Jeyms Stokdeylgacha topish mumkin. Bu siz tushunishingiz kerak bo'lgan shovqindan ajralib turadigan asosiy faktlar bo'lib xizmat qiladi.

Ming yillar davomida yorqin tushunchalar butun dunyo uchun mavjud. Barmoqlaringiz uchida xohlagan narsani o'rganish qobiliyatiga ega bo'lish imkoni bor. Shunday qilib, bugungi kunda stoiklarning donolik to'g'risidagi qoidalarini hurmat qilgan holda, shoshilmang, chuqur o'ylang  va kerakli donolikni o'zlashtiring.

Ikki ko'z, ikkita quloq, bitta til tamoyiliga asosan doimo izlanishdan to'xtamang. Shunga ko'ra oqilona harakat qiling.

VI: Qanday qilib stoik bo’lish mumkin: boshanishiga 9ta stoik mashqlar

Jurnal tutish

"Hayotdagi asosiy vazifa shunchaki: narsalarni aniqlash va ajratish. Shu orqali men o'zimga qaysi birlarini ammalashni iloji jo’y va qaysi birlari men tanlay olaman. Yaxshilik va yomonlikni qayerdan qidiraman? Boshqarib bo'lmaydigan tashqi omillardan emas, balki o'zimning o'zimga tegishli bo'lgan tanlovlarga. . ”.

- Epiktet

Stoik falsafasidagi eng muhim amaliyot bu biz nimani o'zgartirishimiz va nima qila olmasligimiz o'rtasidagi farqdir. Biz nimaga ta'sir qilamiz va nimaga ta'sir qilmaymiz. Ob-havo tufayli parvoz kechiktirildi - aviakompaniya vakiliga hech qanday baqirish bo'ronni to'xtata olmaydi. Hech qanday orzu sizni baland yoki pastroq yoki boshqa mamlakatda tug'ilishga majbur qilmaydi. Bundan tashqari, bu ko'chmas narsalarga o'zingizni otishga sarflangan vaqt biz o'zgartirishimiz mumkin bo'lgan narsalarga sarflanmagan vaqtdir. 

Bu savolga har kuni yuzlaning - ya’ni, har bir qiyin vaziyatda. Jurnal ishlating va bu haqda doimo fikr yuriting. Agar siz kunning qaysi qismlari sizning nazoratingiz ostida ekanligini va qaysi qismlari yo'qligini aniq ko'rsatishga e'tibor qaratsangiz, siz nafaqat baxtliroq bo'lasiz, balki g'alaba qozonib bo'lmaydigan jangda kurashayotgan boshqa odamlarga nisbatan aniq ustunlikka ega bo'lasiz.

“Hozir ko'pchilik Rim qo'mondonlarining yurishlari va qarshi yurishlari haqida qayg'uradi. Asrlar davomida asl hayoti noma'lum bo'lgan odamning o'ylar daftarchasi yarim tunda qorong'ulikda kunning voqealarini yoki ertangi kunning rejalarini emas, balki doimiyroq qiziqish uyg'otadigan narsalarni, ideallarni yozib qo'ygan edi. Va nodir ruh yashagan intilishlar”.

- Blanshard Brendi

Qul Epiktet. Mark Avreliy imperator. Seneka kuchli vositachi va dramaturg. Bir-biridan tubdan farq qiladigan bu uch kishi tubdan boshqacha hayot kechirgan. Ammo ularda bitta umumiy odat bor edi: jurnal yozish.

Epictetus o'z shogirdlariga falsafani "kundan-kunga yozib olishlari" kerakligi va bu yozuvni ular "o'zlarini mashq qilishlari" kerakligi haqida ogohlantirgan bo'lar edi. Senekaning kundalik yozish uchun eng sevimli vaqti kechki payt edi. Qorong'i tushib, xotini uxlab qolgach, u do'stiga tushuntirdi: "Men butun kunimni tekshiraman va o'zimdan hech narsani yashirmay, hech narsa o'tkazib yubormagan holda qilgan va aytganlarimni takrorlayman". So'ng u "o'z-o'zini tekshirishdan keyingi uyqu" ayniqsa shirin ekanligini bilib, uxlab qolardi. 

Stoitsizmda jurnal yozish san'ati oddiy kundaliklardan ham ko'proqdir. Bu kundalik amaliyot falsafadir. Kelgusi kunga tayyorgarlik. O'tgan kun haqida o'ylash. Ustozlarimizdan, o‘qishimizdan, o‘z tajribamizdan o‘rgangan hikmatlarimizni eslatib, bu saboqlarni bir marta eshitishning o‘zi yetarli emas. Aksincha, ularni qayta-qayta mashq qilish, ongiga o‘girish va, eng muhimi, ularni yozib olish va barmoqlar orasidan oqib o‘tishini his qilishdir. 

Stoitsizm amaliyot va muntazamlik uchun yaratilgan. Bu siz bir marta o'qigan va sehrli tarzda ruh darajasida tushunadigan falsafa emas. Yo'q, bu tirishqoqlik, takrorlash, va diqqatni jamlashni talab qiladigan umrbod izlanish. (Pyer Xadot buni ruhiy mashq deb atadi). Bu biz stoiklarni (va The Daily Stoic Journal-dagi haftalik mavzularni) tashkil qilgan kunlik sahifa (oylik mavzular bilan) formatining afzalliklaridan biri. Bu sizga bir narsani ko'rib chiqish va to'liq hazm qilish uchun qo'yadi. O'tishda emas. Faqat bir marta emas. Ammo yil davomida har bir kun, va yaxshisi, yildan-yilga. Va agar Epiktet to'g'ri bo'lsa, bu siz doimo qo'lingizda bo'lishi kerak bo'lgan narsa - shuning uchun har kuni taqdim etiladigan eng yaxshi xitlar to'plami biz uchun juda jozibali edi.

Shu tarzda jurnal yuritish stoitsizmdir. Birisiz ikkinchisiga ega bo'lish deyarli ilojsiz. 

Baxtsizlikni mashq qiling

“Xavfsizlik davrida ruh o'zini qiyin paytlarga tayyorlashi kerak; Baxt unga ne'mat berayotgan bo'lsa, uning rad etishlariga qarshi kuchayish vaqti keldi."

- Seneka

Neronning maslahatchisi sifatida katta boylikka ega bo'lgan Seneka bizga har oyda ma'lum kunlarni qashshoqlik bilan shug'ullanish uchun ajratishni taklif qildi. Bir oz ovqat oling, eng yomon kiyimingizni kiying, uyingiz va yotoqxonangizning qulayligidan uzoqlashing. O'zingizni muhtojlik bilan yuzma-yuz qo'ying, dedi u, siz o'zingizdan "Men qo'rqqanim shumi?" deb so’rang. 

Bu ritorik vosita emas, balki mashq ekanligini unutmaslik kerak. U baxtsizlikni "o'ylash" degani emas, balki yashashni anglatadi. Konfor qullikning eng yomon turidir, chunki siz doimo biror narsa yoki kimdir uni olib qo'yishidan qo'rqasiz. Ammo agar siz baxtsizlikni shunchaki oldindan ko'ra olmay, balki amalda qo'llay olmasangiz, unda tasodif hayotingizni buzish qobiliyatini yo'qotadi.

Xavotir va qo'rquv kabi his-tuyg'ularning ildizlari noaniqlik va kamdan-kam hollarda tajribaga ega. O'ziga katta pul tikgan har bir kishi ikkala davlat ham qancha energiya iste'mol qilishi mumkinligini biladi. Yechim bu jaholatga qarshi biror narsa qilishdir. Siz qo'rqadigan narsalar, eng yomon holatlar stsenariylari bilan tanishib chiqing.

Siz qo'rqqan narsangizni mashq qiling, ongingizdagi simulyatsiya yoki haqiqiy hayotda. Salbiy tomoni deyarli har doim qaytariladigan yoki vaqtinchalik.

Hislaringizni o'rgating

“Zarar qilmaslikni tanlang va o'zingiz zarar ko'rmaysiz. O'zingizni yomon his qilmang va o'zingizni yomon his qilmadingiz."

- Mark Avreliy

Stoiklarning "To'siqni teskari aylantirish" deb nomlangan mashqi bor edi. Ularning maqsadi falsafa san'ati bilan shug'ullanmaslikni imkonsiz qilish edi. Chunki muammoni to'g'ri yo'naltira olsangiz, har bir "yomon" yaxshilikning yangi manbaiga aylanadi.

Bir soniya deylik, siz kimgadir yordam bermoqchisiz va ular qo'pollik bilan javob berishadi yoki hamkorlik qilishni istamaydilar. Mashqda aytilishicha, hayotingizni qiyinlashtirish o'rniga ular sizni yangi fazilatlarga yo'naltiradi; masalan, sabr yoki tushunish. Yoki, sizga yaqin odamning o'limi; chidamlilik ko'rsatish imkoniyati.

Mark Avreliy buni shunday tasvirlagan:

“Harakatga to'siq harakatni ilgari suradi. To'siq bo'lgan narsa yo'lga aylanadi."

Bu tanish bo'lishi kerak, chunki Obamaning "o'rgatish mumkin bo'lgan daqiqalari" ortida xuddi shunday fikr bor. Saylovdan oldin, Jo Klein Obamadan Raytlar janjaliga qanday javob berishga qaror qilganini so'radi. U shunday dedi: "Hikoya tarqalgach, men qilish kerak bo'lgan eng yaxshi narsa zararni nazorat qilish emas, balki kattalar kabi amerikaliklar bilan gaplashish ekanligini angladim". irq haqida nutq.

Tadbirkorlarning umumiy jihati shundaki, ular imkoniyatlardan foydalanadilar, hatto yaratadilar. Stoiklar uchun hamma narsa imkoniyatdir. Muhtaram Rayt mojarosi, sizning yordamingiz qadrsiz bo'lib qoladigan asabiy holat, yaqinlaringizning o'limi, bularning hech biri so'zning oddiy ma'nosida "imkoniyat" emas. Aslida, ular aksincha. Ular to'siqlar. Stoik nima qiladi, har bir to'siqni imkoniyatga aylantiradi.

Amaliyotchi stoik uchun yaxshi yoki yomon yo'q. Faqat idrok bor. Siz idrokni nazorat qilasiz. Siz birinchi taassurotingizdan keyingi ekstrapolyatsiyani tanlashingiz mumkin (‘X sodir bo‘ldi.’ -> ‘X sodir bo‘ldi va endi mening hayotim tugadi.’). Agar siz birinchi javobingizni befarqlikka bog'lasangiz, hamma narsa shunchaki imkoniyat ekanligini bilib olasiz.

Eslatma: Ushbu mashq "To'siq - bu yo'l" (Rayn Holidey tomonidan yozilgan asar) ning ilhom manbai bo'lib xizmat qildi.

Esingizda tuting - buni hammasi vaqtinchalik

Iskandar Zulqarnayn va uning xachir haydovchisi ham halok bo‘ldi, ikkalasi bilan ham xuddi shunday voqea sodir bo‘ldi”. - Mark Avreliy

Markus Aurelius o'ziga qarashlarini tiklash va muvozanatni saqlashga yordam berish uchun o'ziga oddiy va samarali eslatma yozdi:

"Biror narsadan qattiq g'azablanganlar ro'yxatini tuzing: eng mashhur, eng baxtsiz, eng nafratlangan, eng nima bo'lishidan qat'iy nazar: bularning barchasi hozir qayerda? Tutun, chang, afsona ... yoki hatto afsona emas. Barcha misollarni o'ylab ko'ring. Va biz juda ehtiros bilan xohlagan narsalar qanchalik ahamiyatsiz.

Shuni ta'kidlash kerakki, bu erda "ehtiros" bizga tanish bo'lgan ishtiyoq yoki biror narsaga g'amxo'rlik qilish kabi zamonaviy foydalanish emas. Don Robertson o'z kitobida tushuntirganidek, stoiklar "patheiai" deb ataydigan "ehtiroslar" ni yengish haqida gapirganda, ular mantiqsiz, nosog'lom va haddan tashqari istaklar va his-tuyg'ularni nazarda tutadilar. G'azab yaxshi misol bo'lardi. Esda tutish kerak bo'lgan narsa va bu juda muhim narsa, ular ularni haddan tashqari zavq o'rniga quvonch kabi eupateiai bilan almashtirishga intilishadi.

Mashq nuqtasiga qaytadigan bo'lsak, bu juda oddiy: qanchalik kichikligingizni eslang. Buning uchun hamma narsa qanchalik kichik ekanligini unutmang.

Shuni yodda tutingki, yutuqlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin va siz ularga faqat bir lahzaga ega bo'lasiz.

Agar hamma narsa vaqtinchalik bo'lsa, nima muhim? Hozir muhim. Yaxshi inson bo'lish va hozirda to'g'ri ish qilish, bu muhim va stoiklar uchun muhim bo'lgan narsa.

Mashhur dunyoni zabt etgan va uning sharafiga shaharlar nomini olgan Makedonskiy Iskandarni olaylik. Bu umumiy bilim. Stoiklarning ta'kidlashicha, bir marta mast holatda Aleksandr o'zining eng aziz do'sti Kleyt bilan janjallashib qolgan va uni tasodifan o'ldirgan. Shundan so'ng, u shunchalik tushkunlikka tushdiki, u uch kun davomida yeb-icha olmadi. Yunonistonning turli burchaklaridan sofistlar uning qayg'usiga qarshi nima qilishlari mumkinligini bilish uchun chaqirildi, ammo hech qanday foyda bo'lmadi.

Bu muvaffaqiyatli hayotning belgisimi? Shaxsiy nuqtai nazardan, agar siz istiqbolni yo'qotsangiz va atrofingizdagilarga zarar etkazsangiz, sizning ismingiz xaritada yozilgan bo'lsa, unchalik ahamiyatga ega emas.

Iskandarning xatosidan saboq oling. Kamtar va halol va xabardor bo'ling. Bu hayotingizning har bir kunida bo'lishi mumkin bo'lgan narsadir. Hech qachon kimdir uni sizdan tortib olishidan yoki eng yomoni, sizni egallab olishidan qo'rqmasligingiz kerak.

Yuqoridan nazar soling

Plato buni qanday go'zal ta'kidlagan. Qachonki odamlar haqida gapirmoqchi bo'lsangiz, hamma narsani bir vaqtning o'zida ko'rganingiz ma'qul - yig'ilishlar, qo'shinlar, fermalar, to'ylar va ajralishlar, tug'ilish va o'limlar, shovqinli sud zallari yoki jim joylar, har qanday chet elliklar, bayramlar , yodgorliklar, bozorlar - barchasi bir-biriga aralashib, qarama-qarshiliklar juftligida joylashgan. - Mark Avreliy

Markus ko'pincha "yuqoridan qarash" yoki "Platonning nuqtai nazari" deb ataladigan mashqni mashq qiladi. Bu bizni orqaga qadam tashlashga, kattalashtirishga va hayotni o'zimizdan yuqoriroq nuqtadan ko'rishga taklif qiladi. Ushbu mashq - millionlab va millionlab odamlarni, barcha "armiyalarni, fermer xo'jaliklarini, to'ylarni va ajralishlarni, tug'ilish va o'limlarni" ko'zda tutuvchi - bizni istiqbolli bo'lishga undaydi va oldingi mashq kabi, biz qanchalik kichik ekanligimizni eslatadi. Bu bizni yo'naltiradi va stoik olimi Per Xadot aytganidek, "Yuqoridan qarash narsalarga bo'lgan qadriyatlarimizni o'zgartiradi: hashamat, kuch, urush ... va kundalik hayot tashvishlari kulgili bo'lib qoladi."

Narsalarning katta sxemasida qanchalik kichik ekanligimizni ko'rish - bu mashqning faqat bir qismi. Ikkinchi, yanada nozik nuqta, stoiklar simpatiya yoki butun insoniyat bilan o'zaro bog'liqlik deb ataydigan narsaga tegishdir. Haqiqiy "yuqoridan ko'rinish" ni birinchi bo'lib boshdan kechirgan astronavt Edgar Mitchell aytganidek: "Kosmosda siz bir zumda global ongni, odamlarga yo'naltirilganlikni, dunyo holatidan qattiq norozilikni rivojlantirasiz va bu haqda biror narsa qilishga majburlash." O'z tashvishlaringizdan bir qadam orqaga qayting va boshqalar oldidagi burchingizni eslating. Platonning nuqtai nazarini oling.

Memento Mori: Hayot chekligi haqida mulohazalar yuritish

“Keling, ongimizni hayotning oxiriga yetgandek tayyorlaylik. Keling, hech narsani kechiktirmaylik. Keling, har kuni hayot kitoblarini muvozanatlashtiraylik. ... Har kuni ularning hayotiga yakuniy nuqta qo'ygan kishi hech qachon vaqt kam bo'lmaydi." Seneka

Yuqoridagi Senekadan iqtibos "Memento Mori" ning bir qismini - o'lim haqida o'ylashning qadimgi amaliyoti Sokratga borib taqaladi, va u falsafaning to'g'ri amaliyoti "o'lish va o'lishdan boshqa narsa emas" degan. Markus Avreliy o'zining "Meditatsiyalarida" shunday deb yozgan edi: "Siz hozir hayotni tark etishingiz mumkin. Bu nima qilayotganingizni, nima deyishingiz va o'ylashingizni belgilab qo'ying." Bu kutish emas, balki hozir fazilatli hayot kechirishni davom ettirish haqida shaxsiy eslatma edi.

O'lim haqida mulohaza yuritish, agar siz fikrni o'tkazib yuborsangiz, tushkunlikka tushadi. Stoiklar bu fikrni tetiklantiruvchi va kamtarin deb bilishadi. Senekaning tarjimai hollaridan biri "Har kuni o'lish" deb nomlangani ajablanarli emas. Axir, aynan Seneka bizni o'limimizni eslatuvchi sifatida o'zimizga "Ertaga uyg'onmasligingiz mumkin", uxlayotganingizda va "Yana uxlamasligingiz mumkin" deb aytishga undagan. Yoki boshqa stoik Epiktet o'z shogirdlarini shunday da'vat etgan: "Har kuni o'limni va surgunni ko'z oldingizda saqlang - bu bilan sizda hech qachon asossiz fikr bo'lmaydi va ortiqcha ishtiyoq ham bo'lmaydi." Ushbu eslatmalardan foydalaning va ular ustida har kuni mulohaza yuriting - ular to'liq hayot kechirish va bir soniyani boy bermaslik uchun qurilish bloklari bo'lsin.

Premeditatio Malorum

“Ko'zda tutilmagan narsa o'z ta'sirida yanada dahshatli va kutilmaganlik falokatning og'irligini oshiradi. Bu bizni hech qachon ajablantirmasligini ta'minlash uchun sababdir. Biz o'z fikrlarimizni har qadamda oldinga yo'naltirishimiz va voqealarning odatiy rivoji o'rniga har qanday ehtimoliy voqeani yodda tutishimiz kerak... Ularni o'z fikringizda takrorlang: surgun, qiynoq, urush, kema halokati. Bizning insoniy qismimizning barcha shartlari ko'z o'ngimizda bo'lishi kerak."

- Seneka

Premeditatio malorum ("yomonlikdan oldingi meditatsiya") - bu noto'g'ri ketishi yoki bizdan olib qo'yilishi mumkin bo'lgan narsalarni tasavvur qilishning stoik mashqidir. Bu bizga hayotning muqarrar muvaffaqiyatsizliklariga tayyorlanishimizga yordam beradi. Biz har doim ham haqli ravishda o'zimizniki bo'lgan narsani olmaymiz, hatto biz uni qo'lga kiritgan bo'lsak ham. Hamma narsa biz o'ylagandek toza va sodda emas. Psixologik jihatdan biz o'zimizni bu sodir bo'lishiga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bu chidamlilik va kuchni oshirish uchun stoiklarning asboblar to'plamidagi eng kuchli mashqlardan biridir.

Masalan, Seneka o'z rejalarini ko'rib chiqish yoki takrorlash, sayohat qilish bilan boshlanadi. Va keyin, uning boshida (yoki yuqorida aytganimizdek, jurnalda) u noto'g'ri ketishi yoki uning sodir bo'lishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan narsalarni ko'rib chiqardi - bo'ron ko'tarilishi mumkin, kapitan kasal bo'lib qolishi mumkin, kema qaroqchilar tomonidan hujumga uchrashi bo'lishi mumkin. 

"Dono odam kutganiga qarshi hech narsa bo'lmaydi", deb yozgan u do'stiga. “. . . Hamma narsa uning xohlaganidek bo'ladi, balki u o'zi o'ylagandek bo'ladi - va eng muhimi, nimadir uning rejalariga to'sqinlik qilishi mumkin deb hisoblardi.

Ushbu mashqni bajarish orqali Seneka har doim buzilishlarga tayyor edi va har doim bu buzilishni o'z rejalariga kiritdi. U mag'lubiyatga yoki g'alabaga tayyor edi.

Amor Fati

"Faqat sodir bo'lgan narsani, taqdirni sevish. Bundan ortiq uyg'unlik yo'q."

- Mark Avreliy

Buyuk nemis faylasufi Fridrix Nitsshe o'zining inson buyukligi formulasini amor fati - taqdirga muhabbat deb ta'riflagan. “Bu odam hech narsadan farqli bo'lishini xohlamaydi, oldinga ham, orqaga ham, abadiyatda ham. Faqat kerakli narsani ko'taribgina qolmay, uni kamroq yashiring ... lekin uni seving."

Stoiklar bu munosabat bilan nafaqat tanish edilar, balki ular buni qabul qildilar. Ikki ming yil oldin, imperator Mark Avreliy o'zining "Meditatsiyalar" deb nomlanuvchi shaxsiy jurnalida shunday deb yozgan edi: "Yonayotgan olov unga tashlangan hamma narsadan alanga va yorqinlikni yaratadi". Yana bir stoik Epiktet, cho'loq bo'lgan qul sifatida musibat ortidan musibatlarga duchor bo'lgan, shunday degan: «Hamma narsa o'zing hohlaganday bo'lishiga intilma; Aksincha, nima sodir bo'lsa, xuddi shunday bo'lishini orzu qiling: shunda siz baxtli bo'lasiz.

Shuning uchun amor fati - bu sodir bo'layotgan har qanday narsadan eng yaxshisini olish uchun siz qabul qiladigan stoik mashqlari va tafakkuridir: har bir lahzaga, qanchalik qiyin bo'lmasin, qabul qilinishi kerak bo'lgan narsa sifatida qarash. U bilan nafaqat yaxshi bo'lish, balki uni sevish va buning uchun yaxshiroq bo'lish. Shunday qilib, olovdagi kislorod kabi, to'siqlar va qiyinchiliklar sizning salohiyatingiz uchun yoqilg'iga aylanadi.

Eng kuchli stoik iqtiboslar

“Biz shikast olmasdan ham qo'rqamiz; va biz haqiqatdan ko'ra tasavvurdan ko'proq azob chekamiz."

- Seneka

“Boshqalarning xatolaridan qochishga urinish ahmoqlikdir. Ulardan qochib ketib bo'lmaydi. Faqat o'zingnikilaridan qochishga harakat qil."

- Mark Avreliy

"Bizning hayotimiz bizning fikrlarimizdan iborat."

- Mark Avreliy

“Falsafangizni tushuntirmang. Uni mujassamlashtiring”.

- Epiktet

"Agar kimdir sizga biror kishi yomon gapiryapti, deb aytsa - siz haqingizda aytilgan gaplarni bahona qilmang, balki: "U mening boshqa kamchiliklarimdan bexabar edi, aks holda bularni yolg'iz aytmagan bo'lardi", deb javob bering."

- Epiktet.

"Agar bu noto'g'ri bo'lsa, buni qilmang, agar u noto'g'ri bo'lsa, aytmang."

- Mark Avreliy

"Siz nimaga e'tibor bersangiz, o'zingizga aylanasiz ... Agar o'zingiz qanday fikrlar va tasvirlarni o'zingiz tanlamasangiz, boshqalari tanlaydi."

- Epiktet

"Boshqalarga nisbatan bag'rikeng va o'zingizga nisbatan qattiqqo'l bo'ling."

- Mark Avreliy

“Siz har doim hech qanday fikr bildirmaslik variantiga egasiz. Hech qachon o'zingiz nazorat qila olmaydigan narsalar bilan shug'ullanishingiz yoki qalbingizni bezovta qilishning hojati yo'q. Bu narsalar sizni hukm qilishni talab qilmaydi. Ularni tinch qo‘ying”.

- Mark Avreliy

“Sizga kerak bo'lgan yagona narsa: hozirgi vaqtda hukmning aniqligi; hozirgi vaqtda umumiy manfaat uchun harakat; va yo'lingizga kelgan har qanday narsa uchun hozirgi paytda minnatdorchilik munosabati."

- Mark Avreliy

"Hech kim o'zi xohlagan hamma narsaga ega bo'lishga qodir emas, lekin u o'zida yo'q narsani xohlamaslik va bor narsasidan quvnoq foydalanish huquqiga ega."

- Seneka

"Agar kimdir meni rad eta olsa - xato qilayotganimni yoki narsalarga noto'g'ri nuqtai nazardan qarayotganimni ko'rsatsa - men xursand bo'laman. Bu men izlayotgan haqiqat va haqiqat hech kimga zarar keltirmadi."

- Mark Avreliy

“Bugun men tashvishdan qutulib qoldim. Yoki yo'q, men uni tashlab qo'ydim, chunki u mening ichimda, tashqarida emas, balki o'z hislarimda edi."

- Mark Avreliy

“Sen onging ustidangina hokimiyatga egasan - tashqi hodisalar emas. Buni anglab yet, shunda sen kuch topasan”.

- Mark Avreliy

"Odamlarni bezovta qiladigan voqealarning o'zi emas, balki ular haqidagi fikrlari."

- Epiktet

“Toʻlqinlar urayotgan toshga oʻxshab qolish. U qimirlamay turibdi va dengizning shov-shuvi uning atrofida davom etmoqda."

- Mark Avreliy

“Avval o'zingizga ayting, nima bo'lardingiz; va keyin nima qilish kerak bo'lsa, uni bajaring."

- Epiktet

“Yaxshi odam qanday bo'lishi kerakligi haqida bahslashishga vaqt sarflamang. Bir bo'l."

- Mark Avreliy

"Yaxshi tartiblangan aqlning asosiy belgisi - bu odamning bir joyda qolish va o'z kompaniyasida qolish qobiliyatidir."

- Seneka

"Mag'rurliksiz qabul qiling, bog'lanmasdan qoldiring."

- Mark Avreliy


Tarjimonlar

Ozodbek Eshboboyev, Fazilat Kariyeva, Sardor Sayfullayev


Havolalar

Bu maqola aslida "Daily Stoic" ning "What is stoicism?" nomli maqolasidan tarjima qilingan.